Henley & Partners kompaniyasi dunyo pasportlari reytingini tuzdi.

Reytingda Oʻzbekiston 86-pogʻonada joylashgan. Respublika aholisi 57 ta davlatga vizasiz tashrif buyurishi mumkin.

Yaponiya ushbu reyting yetakchisi boʻlib qolmoqda. Mamlakat fuqarolari vizasiz (yoki tashrif buyurgan vaqtda viza olish) dunyoning 191 mamlakatiga (oʻtgan yilga nisbatan +2 ta mamlakat) safar qilishlari mumkin.

Ortidan Singapur (190 ta mamlakat) va Germaniya (189 ta yoʻnalish) joylashgan. 

Reytingning pastki qismida hanuz Afgʻoniston, Iroq va Suriya kabi davlatlar joylashgan.

“COVID-19 pandemiyasi tufayli chegaralarning global yopilishi reyting koʻrsatkichlariga taʼsir qilmadi, chunki mavjud cheklovlar davlatlar oʻrtasida vizasiz harakatlanish toʻgʻrisidagi rasmiy kelishuvlar bilan bogʻliq emas”, - deyiladi hisobotda. 

Biroq, pandemiya vaqtincha reytingda baʼzi mamlakatlarning pozitsiyalariga oʻzgartirishlar kiritdi.

Masalan, AQSH amerikaliklar uchun 185 mamlakatga vizasiz sayohat qilish imkoniyati boʻyicha 7- oʻrinda turadi.

Ammo, hozirgi paytda bu faqat rasmiyatchilikdir, chunki hozirda AQSH fuqarolarining YEIga kirishiga taqiq mavjud.

Demak, amerikaliklar vaqtincha Yevropaning 27 mamlakatiga tashrif buyurish imkoniyatidan mahrum boʻlishdi, bu esa Amerika pasportining qiymatini pasaytirdi va uni Meksika bilan yonma-yon 26-oʻringa qoʻydi.

“Koʻrib turganimizdek, pandemiyaning harakat erkinligiga taʼsiri avval kutilganidan koʻra ancha radikal va davomli boʻldi”, - deydi Henley & Partners kompaniyalar guruhi rahbari Kristian Kelin.

Uning soʻzlariga koʻra, yaqin kelajakda harakatchanlik nuqtayi nazaridan pasportlarning yangi global iyerarxiyasi shakllanadi. Bu pandemiya bilan samarali kurashgan davlatlar reytingni boshqarishini anglatadi.