U muvaffaqiyatga erisha olmadi – egiluvchan tasma bo'ylab yurish paytida u bir necha marta yiqildi, bu sportning ushbu qoidalariga ko'ra, mag'lubiyatdir. Biroq, Ruz nihoyatda qiyin sharoitlarda rekord darajadagi masofani bosib o'tishga muvaffaq bo'ldi va shu bilan oldingi jahon rekordini yangiladi.
Sleklaynning ekstremal sharoitlari bilan ajralib turadi – eni salkam 2 santimetrli poliefirli tasma har doim egiluvchan bo'lib turadi. Tebranishlarning amplitudasi katta, o'tish chog'ida sportchilar tez-tez tasmadan tushib ketadi. Shuning uchun, xavfsizlik nuqtai nazaridan, tasma odatda 1 metr balandlikda tortib qo'yiladi va uning uzunligi bir necha o'n metrdan oshmaydi.
Bu safar aksincha bo'ldi. Tasma 264 metr balandlikda, 3,6 kilometr masofada joylashagan ikkita eski elektr ustunlari o'rtasida tortib qo'yildi. Sportchining so'zlariga ko'ra, unga ob-havo qulay keldi – shamol tasmani faqat o'rtacha darajada silkitdi. U 3566 metr masofani bosib o'tib, muvozanatni yo'qotib, yiqilib tushdi. Bu avvalgi 2710 metrli rekorddan ko'p, ammo qoidalarga ko'ra, bu yutuq hisobga olinmadi, deb xabar beradi techcult.ru.
Ruz o'rnidan turishga muvaffaq bo'ldi va yo'lida davom etdi, lekin tez orada yana yiqildi. Oxir-oqibat, masofani bosib o'tdi va u o'z oldiga qo'ygan vazifani uddaladim, deb hisoblamoqda.