Insoniyat yana ko'p yillar davomida pandemiya bilan yuzma-yuz keladi

    “Kelajakda COVID-19 endemik kasallikka aylanishi, ya'ni ma'lum bir hududga xos bo'lib qolishi mumkin”, dedi brifing chog'ida Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining favqulodda vaziyatlar bo'yicha dasturi direktori Maykl Rayan.

    “Vaksinadan foydalanish hozircha maqbul emas va bu holat uzoq vaqt saqlanib turadi. Shuning uchun, kasallik tarqalishi ham davom etadi. Bu yil biz o'lim holatlarini sezilarli darajada kamaytirib, me'yoriy hayotga qaytishimiz mumkin. Ammo biz vaziyatni nazorat qila olmasak, virus tarqalishda davom etadi. Shu sababli, hozirgi asosiy masala yuqtirish imkoniyatini kamaytirishdir”, — dedi mutaxassis.

    Rayan shu paytgacha faqat chechak mag'lub bo'lganini ta'kidladi. Poliomielit va qizamiq kabi kasalliklarni bartaraf etish hali ham mumkin emas, dedi u.

    “Biz COVID-19ga qarshi kurashda erishgan yutuqlarimizga qaramay, epidemiyaga qarshi kurashish oson bo'lmasligini ko'rsatadigan ko'plab omillar mavjud”, deya so'zini yakunladi ekspert.