Ushbu kitob, yuqori o'zlashtirish ko'rsatkichlariga ega maktab tizimlari nimasi bilan farq qiladi?, nima sababdan ta'lim imkoniyatlari tengligiga erishish bu qadar qiyin?, samarador tizim rahbarini tarbiyalash, islohotni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun nimalar zarur?, ta'lim siyosati va teng ta'lim imkoniyatlari, beshta etakchi ta'lim tizimlarining muvaffaqiyat omillari, pilot loyihalarni joriy qilish va uzluksiz baholash, tizim potentsialini oshirish kabi mavzularini o'z ichiga olgan hamda "Investitsiyalarni oshirgandagina ta'limda yutularga erishish mumkin?", "Sinfda o'quvchilar sonini kamligi har doim yaxshi natijalarga olib keladi”, “Ta'limdagi yutuq tug'ma iqtidorga bog'liq”, kabi steriotiplarni rad etishi va aksini isbotlashi bilan ham ahamiyatli.
Andreas Shlyayxerning ushbu asari ta'lim tizimiga daxldor barcha uchun ta'limning maqsad va mohiyatini chuqur anglash, o'z ta'lim tizimini isloh qilayotgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish, tahlil qilish imkonini beradi.
— Bugungi kunda ta'lim davlat siyosatining muhim va asosiy bo'g'ini hisoblangani bois, ta'lim tizimini transformatsiya qilish, shuningdek, O'zbekistonni tom ma'noda raqobatbardosh davlatga aylantirish maqsadida ko'plab islohotlar olib borilmoqda, — dedi Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova.
Ta'lim tadqiqotchisi Andreas Shlyayxerning “Jahon miqyosidagi ta'lim. XXI asr maktab tizimini qanday barpo etmoq kerak?” nomli noyob asari biz uchun juda muhim ahamiyatga va alohida qimmatga ega. Zero, unda keltirilgan ta'limdagi muammolar bizning tizimda ham mavjud.
Asar mamlakatimiz ta'lim tizimini takomillashtirish uchun nafaqat davlat miqyosida, balki maktab darajasida samarali qarorlarni qabul qilish hamda ta'lim jarayonini XXI asr talablari asosida tashkil etishda beminnat ko'makchi bo'lishiga ishonamiz.
Ushbu kitob yurtimizdagi ta'lim tashkilotlariga bepul tarqatiladi.