Xususan,  makkajo'xori barcha turdagi don mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining 90 foizini tashkil qiladi, SHimoliy Amerika va Ukrainada prognoz qilinadigan rekord darajadagi hosildorlik tufayli 64,5 million tonnadan - 1,207 million tonnagacha o'sishi  va shuningdek Janubiy Amerikada rekord darajada hosil olinishi  kutilmoqda.

Guruch ishlab chiqarish ham rekord darajada  - 508,7 million tonnani tashkil qiladi, bu 2019 yil darajasidan 1,6 foizga ko'p bo'lib, Xitoy, Janubi-SHarqiy Osiyo va Janubiy Osiyoda, shuningdek, AQSHda kutilayotgan tiklanish tufayli ro'y beradi.

SHu  bilan  birga,  kelgusi mavsumda dunyo bo'yicha don iste'moli mutlaq rekord darajaga chiqib,  2 732 million tonnaga etishi taxmin  qilingan.

 2020-2021 yillar mavsumida guruch iste'moli etarlicha ta'minlanib, o'sish darajasi1,6 foizga oshishi mumkin.

2021 yilda  xarid mavsumining oxiriga kelib, global don zaxiralari yangi rekord ko'rsatkich - 927 million tonnani tashkil qilishi kutilmoqda.  Bu iste'molga nisbatan butun jahon zaxiralari  global nisbati 32,9 foizga o'sishiga olib keladi.  Xitoy dunyodagi don zaxiralarining 47 foiziga egalik qilishi kutilmoqda.

FAO hisob-kitoblariga ko'ra, 2020-2021 yillar mavsumida dunyo bo'yicha don savdosi hajmi 2,2 foizga o'sib, 433 million tonnagacha etadi, shu bilan barcha asosiy don turlari bo'yicha o'sish kutiladi  va global guruch savdosining o'sishi esa 6,2 foizni tashkil etadi.