Jahonda oltin narxi eng past darajaga tushdi

    Qimmatbaho metall qiymati pasayishda davom etmoqda.

    Oltin 2020-yilning bahoridan beri AQSH Federal zaxira tizimining (Fed) asosiy foiz stavkasi hajmi boʻyicha qarori oldidan yana eng past darajaga tushdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

    Nyu-York tovar birjasida oltin uchun dekabr shartnomalari kotirovkalari 0,5 foizga pasayib, bir troya unsiyasi uchun 1 675,2 dollarni tashkil qildi.

    Dekabr uchun shartnomalarda esa kumush 0,3 foizga oshib, unsiya uchun 19,44 dollar atrofida sotiladi.

    Fed yigʻilishidan oldingi davr oltin uchun juda salbiydir. Ammo hozir bosim biroz pasaygan. Ehtimol, qaror qabul qilinishidan oldin narxlar barqarorlashadi, — deb yozadi katta bozor tahlilchisi Edvard Moya.

    Fedning navbatdagi yigʻilishi 20-21-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi. Bozor AQSH Markaziy banki stavkalarni kamida 75 bazaviy punktga oshirishiga ishonmoqda. Baʼzi tahlilchilarning fikricha, bu oʻsish hatto 100 bazaviy punkt boʻlishi ham mumkin.