Uchrashuvda Toshkent shahridagi ta'lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash va yoshlarning maqsad hamda rejalari, kelajagi bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

«Kuchli xalqaro jurnalistlar bo'lar edi, fuqarolar urushi joylaridan to'g'ridan-to'g'ri efirga chiqishardi. eng kuchlilardan yana ikkitasi — SHahnoza G'anieva va Muxtor G'aniev. O'zbeklardan chiqqan. Ular Afg'onistondan, og'ir-og'ir joylardan jurnalistlik faoliyatini olib borishardi. Mening ularga juda havasim kelardi, men ham ularga o'xshab xalqaro jurnalist bo'lishni juda ham xohlaganman.

O'sha vaqtda Xalqaro diplomatiya instituti ochilgandi, o'sha erga kirish uchun hujjatlarni topshirdik, lekin men kira olmaganman. Ammo chin dildan diplomat bo'lishni xohlaganman, chin dildan xalqaro jurnalist bo'lishni xohlaganman», — deydi hokim.

Ma'lum bo'lishiicha, Toshkent shahridagi o'qishni istagan, yaxshi mutaxassis, zo'r ixtirochi, tashabbuskor va tadbirkor bo'lishni niyat qilgan yoshlarning barchasi qo'llab-quvvatlanadi.