Jahongir Ortiqxo'jaevning senatorlik vakolati muddatidan avval tugatildi

    Dolzarb 31 Yanvar 2023 1623

    Markaziy saylov komissiyasi Toshkent shahrining sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo'jaevni Oliy Majlis Senati a'zolari ro'yxatidan chiqarish to'g'risida qaror qabul qildi.

    O'zbekiston Markaziy saylov komissiyasining 30 yanvardagi qarori bilan sobiq Toshkent shahri hokimi va xalq deputatlarining Toshkent shahar Kengashi deputati Jahongir Ortiqxo'jaev Oliy Majlis Senati a'zolari ro'yxatidan chiqarildi.

    Qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati vakolatlari muddatidan oldin tugatilgani, shuningdek, uning Senat a'zosi sifatidagi vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to'g'risidagi yozma arizasini hisobga olgan holda qabul qilindi.

    Avvalroq, 27 yanvar` kuni Toshkent shahar Kengashi Jahongir Ortiqxo'jaevning deputatlik vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to'g'risidagi qarorni ma'qullagan edi.