Transfermarkt nashri jahonning eng qimmat darvozabonlari nomini eʼlon qildi. Roʻyxatning boshidan toʻrtta darvozabon – Diogu Koshta (“Portu”), Janluiji Donnarumma (PSJ), Mayk Menyan (“Milan”) va Tibo Kurtua (“Real”) joy olgan.
Barchasining bahosi 45 million yevrodan.
Ulardan keyingi oʻrinlar quyidagicha taqsimlangan:
5-6. Ederson (“Manchester Siti”, 40 mln yevro);
5-6. Andre Onana (“Manchester Yunayted”, 40 mln yevro);
7-10. Gregor Kobel (“Borussiya D”, 35 mln yevro);
7-10. Yan Oblak (“Atletiko”, 35 mln yevro);
7-10. Alisson (“Liverpul”, 35 mln yevro);
7-10. Mark-Andre ter Stegen (“Barselona”, 35 mln yevro).