Anjumanda Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidovning viloyat turistik salohiyati va universitet faoliyati, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Buxoro viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Jobir Elovning Islom sivilizatsiyasi rivojidagi Buxoroning o‘rni hamda “Mir Arab” o‘rta maxsus islom bilim yurti rahbari Jaloliddin Saburovning mazkur madrasa tarixi va faoliyatiga bag‘ishlangan maʼruzalari taqdim etildi.

Xorijiy ishtirokchilar Imom Buxoriyning avlodlarga qoldirgan boy va qimmatli ilmiy merosi, hayoti va islom sivilizatsiyasi rivojida tutgan o‘rni hamda O‘zbekistonning boy madaniy merosi va sayyohlik salohiyati, mamlakatimizda turizm infratuzilmasi va mehmondo‘stlik sanoatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishtirildi. Shu bilan birga 2020 yil Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom olami tashkiloti tomonidan Buxoro shahriga “Islom madaniyati poytaxti” maqomi berilgani taʼkidlab o‘tildi.

Tadbir yakunida xorijiy ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.