Bu haqda Eron klubi matbuot xizmati xabar berdi. Unga ko'ra, "Istiqlol" bosh direktori Ali Xateyr Masharipov bilan 1,5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Futbolchi yaqin ikki-uch kunda Tehronga tibbiy ko'rikdan o'tish va bitimga imzo chekish uchun boradi.

"Istiqlol" hozirda Eron Pro ligasida 15 turdan so'ng 32 ochko jamg'argan holda etakchilik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Masharipov yaqin Gretsiya "Panserraikos" klubi bilan bitimini bekor qilgandi.