Lekin hozir oʻrta biznes uchun sharoitlar yetarli emasligi qayd etildi.
Shu bois, kichikdan oʻrta biznesga oʻtish istagida boʻlgan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ham yangicha yondashuvlarni yoʻlga qoʻyiladi.
Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mavjud jamgʻarmalarning faoliyati ham, ishlash usuli ham tubdan oʻzgaradi.
Endilikda Tadbirkorlik jamgʻarmasi xizmat koʻrsatish, “yashil” va energiya samarador loyihalarga moliyaviy yordam koʻrsatishga, Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi esa sanoat loyihalari uchun masʼul boʻladi.
Jamgʻarmalarni boshqarishga malakali xorijiy menejerlar olib kelinadi.
Ushbu jamgʻarmalar byudjet mablagʻlari bilan cheklanib qolmaydi, ularga mustaqil investitsiya jalb qilish vakolati beriladi. Bu orqali kelgusi bir yilda ushbu jamgʻarmalar oʻrta biznes uchun qoʻshimcha 1 milliard dollar mablagʻ olib keladi.