Koʻpchilik oʻzi, yaqinlari sogʻligʻi va xavfsizligi uchun oʻzini himoyalashga kirishgan. Ular amaldagi ishini bir muddat toʻxtatib asosiy vaqtini oila davrasida oʻyda qolgan holda oʻtkazishni maʼqul deb bilishmoqda. Qaysidir maʼnoda bu toʻgʻri, albatta. Biroq, fuqarolarning buzilgan huquqlarini himoya qilish ham lozim.

Bu borada, byuroning Karmana tuman boʻlimi xodimlari karantin qoidalariga rioya etgan holda sud qarorlari ijrosini soʻzsiz taʼminlamoqda.

Xususan, karantin davrida boʻlim ish yurituviga kelib tushgan, fuqarolik ishlari boʻyicha Zarafshon tumanlararo sudining 15.06.2020-yildagi ijro hujjatiga asosan fuqaro M.Tilovov foydasiga “KO-UNG CYLIDER” masʼuliyati cheklangan jamiyatdan 18 mln. soʻm ish haqi undirish haqidagi ijro hujjati boʻyicha davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, M.Tilovovning ish haqi toʻliq undirildi.

Shu kabi, tuman tibbiyot birlashmasida ishlagan 17 nafar xodimlarning 18 mln. 321 ming soʻmlik ish haqlari ham fuqarolik ishlari boʻyicha Karmana tumanlararo sudining 24.06.2020-yildagi ijro varaqalariga asosan undirib berildi.

Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, koʻrsatilayotgan bu kabi ishlar byuroning maqtanish uchun koʻrsatkichi emas, balki xalq oldidagi insoniylik burchidir.

Majburiy ijro byurosi

Karmana tuman boʻlimi