Uchta nominatsiya boʻyicha tashkil etilgan tanlovning yakuniy bosqichida ovoz berish natijalariga koʻra quyidagi ishtirokchilar gʻolib deb topildi. Gʻoliblar sertifikat va tegishlicha sovrin bilan taqdirlanadi:
Nargiza Yunusova. “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” — televizor;
Hamida Mirsultanova. “Eng yaxshi blogpost uchun” — blender toʻplami;
Muxlisa Azizova. “Adliya eʼtirofi” — multivarka.
Oʻylaymizki, bunday tanlovlar xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, bu boradagi muammolarga yechim topishda muhim omil boʻladi, deb yozmoqda Huquqiy axborot telegram kanali.