Jamoat tartibini buzgan bezorilarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxs fuqaroni urayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

    Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi.

    Joriy yilning 1-iyul kuni taxminan soat 20.25 larda Yunusobod tumani, Iftixor koʻchasida oldindan oʻzaro tanish boʻlgan fuqarolar 1988-y.t. N.T., 1993-y.t. S.Q., 1987-y.t. D.Q., 1995-y.t. H.Q., 1994-y.t. J.I., 1997-y.t. Sh.O.lar qarz masalasida ogʻzaki janjallashgan. Fuqarolar S.Q., D.Q,, H.Q.lar jamoat tartibini buzgan holda jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay, N.T.ni urib tan jarohati yetkazishgan. Soʻng N.T.ni oʻzligi kelgan avtomashinada uyi oldiga olib borishgan.

    N.T.ga shifoxonada birlamchi tibbiy yordam koʻrsatilganidan soʻng u uyiga ketgan.

    Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumon qilinuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda.