Jamoat transportida nimalar taqiqlanadi?

    Adliya vazirligi mutaxassislari tegishli me’yoriy hujjatlarga asoslanib, bu savolga javob qaytardi

    Qonunchilikka ko‘ra, avtobusda quyidagilar taqiqlanadi:

    ▫️ yo‘lovchilarning mast holda yurishi;
    ▫️ alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
    ▫️ haydovchi (konduktor)ning ruxsatisiz oynalarni ochish;
    ▫️ oynadan tashqariga osilish;
    ▫️ tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qo‘lansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, g‘ilofsiz o‘q otar qurol, tig‘li va keskir ashyolarni olib yurish;
    ▫️ o‘lchami 100 sm x 50 sm x 30 santimetrdan katta yoki bitta o‘rin uchun og‘irligi 60 kilogrammdan ortiq buyumlarni, shuningdek uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlarni olib yurish;
    ▫️ salonni yoki yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiluvchi buyumlar va ashyolarni olib yurish.