Jamoat transportini yanada rivojlantirish kerakligi taʼkidlandi

    Jamoat transporti tizimidagi oʻzgarishlarni tizimli davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.

    Transport vazirligiga yil yakunigacha barcha viloyat markazlarida yoʻlovchi tashishni brutto-shartnoma asosida moliyalashtirishni joriy qilish topshirildi.

    Shuningdek, 1 mingta avtobus olib kelish rejasini toʻliq bajarib, hududlarga yetkazish vazifasi qoʻyildi.

    Jamoat transportida elektron toʻlov tizimini toʻliq joriy qilib, uni ommalashtirish Transport vazirligining ustuvor vazifalaridan biri boʻladi.