Universitetga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar hududiy mudofaa ishlari boʻlimlariga ariza berishlari mumkin. Shundan soʻng ariza boʻyicha oʻrganish olib boriladi, suhbatlar tashkil etiladi va nomzodlar bilan dastlabki tanlov tadbirlari oʻtkaziladi.
Nomzodni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish — tuman mudofaa ishlari boʻlimlaridagi tibbiy komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Tibbiy koʻrikda yaroqli deb topilgan nomzodlar keyingi bosqichda individual-psixologik va umumjismoniy sinovlarga qoʻyiladi.
Shundan soʻng yakuniy tibbiy koʻriklar tashkil etiladi. Ana shu koʻrikdan oʻtgan nomzodlar test sinovlariga qoʻyiladi. Test sinovlaridan muvaffiqiyatli oʻtganlar universitetga qabul qilinadi.