Janatasda o'nlab uylar va yuzlab hovlilar suv ostida qoldi

    Qozog'iston Respublikasi Jambil viloyatining Sarisu tumanida o'tgan dam olish kunlari kuzatilgan yog'ingarchilik tufayli suv toshqini yuz berdi.

    Yetkazilgan zararni hisob-kitob qilish bo'yicha komissiya tuzildi.

    7-iyul kuni kechqurun Janatas shahrida kuchli yog'ingarchilik tufayli yuz bergan suv toshqini tufayli 47 ta uy, maktab va 400 dan ortiq hovlini suv bosdi.

    Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, hozirda hududda suvni tortib olish ishlari davom etmoqda. 8-iyul soat 18:30 holatiga ko'ra, 128 ta hovli va 47 ta xonadondan 18 ming 600 kub metr suv tortib olindi.

    Jabrlangan aholini evakuatsiya qilish uchun ikkita vaqtinchalik joylashtirish markazida 105 ta joy tayyorlangan. U yerda bo'lgan 12 nafar fuqaro uyiga qaytdi.

    Favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlariga fuqaro muhofazasining 300 ga yaqin xodimi, 64 ta texnika, 34 ta motor nasosi, bitta dron jalb etildi.

    Janatas – Saudakent yo'lida harakat tiklandi.

    Jombil viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, viloyat hokimi Janatas shahrida bo'lib, suv bosgan hovlilarni ko'zdan kechirdi, aholi bilan suhbatlashdi.

    “Vaziyat viloyat rahbarining shaxsan nazoratida”, deya ta'kidladi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

    Sarisu viloyatida kuchli yog'ingarchilik oqibatida Janatas-Saudakent avtomobil yo'lida ham suv toshqini kuzatilgan edi. Dam olish kunlarida yo'l yopilgandi, deb xabar beradi tengrinews.kz.