Inspektorda apparat ko'rsatgan tasvirlar, ya'ni sumkadagi yuklarga shubha uyg'ondi va fuqaroga qo'l sumka ustidagi kiyimini qayta bojxona nazoratidan o'tkazilishini tushuntirdi.

Natijada sumkadagi oq rangli kurtkasi cho'ntagida 1 dona «FETTER 12 RUS» yozuvli 12 kalibrli ov miltig'i patroni borligi aniqlanib, tekshirish uchun vaqtincha saqlovga qo'yildi.

Namangan viloyat IIB eKBning tezkor ekspert xulosasiga asosan, ashyoviy dalil sifatida olingan ov miltig'i patroni jangovor ekanligi ma'lum qilingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Hozirda tergov harakatlari ketmoqda.