“Jannatga yoʻl” rus va ingliz tillariga tarjima qilindi

    Madaniyat 16 Dekabr 2021 3810

    Qirg'izistonlik ijodkor O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov asarlarini rus va ingliz tillariga o'girdi.

    Abdulla Oripov – O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri, O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasining muallifi, yirik davlat va jamoat arbobi. Oltmishdan ziyod she'riy va publitsistik to'plamlar muallifi. Abdulla Oripov Dante Aligerining “Ilohiy komediya”si tarjimasi uchun Italiya hukumati tomonidan “Italiya oltin yulduzi” medali bilan taqdirlangan.

    O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabariga ko'ra, "Jannatga yo'l" kitobiga shoir X`yuston shahrida yozgan oxirgi asari “Samoviy to'y” dostoni ham kiritildi.

    Qirg'izistonlik o'zbek shoiri, yozuvchi Rahim Karimov “Jannatga yo'l”, “Hakim va ajal”, “Samoviy to'y” dostonlarini rus va ingliz tillariga o'girdi. Kitob Abdulla Oripovning 80 yilligiga bag'ishlanib, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi “Ma'rifat” targ'ibotchilar jamiyati homiyligida uch tilda chop etildi.