Bugun Ruanda poytaxti Kigalida FIFAning 73-kongressi boʻlib oʻtdi. Unda FIFAning amaldagi prezidenti Janni Infantino oʻz lavozimiga qayta saylandi.

Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, Janni bu lavozimga yagona nomzod edi. U endi 2027-yilgacha dunyo futboliga rahbarlik qiladi.

53 yoshli shveysariyalik mutaxassis FIFAni 2016-yildan beri boshqarib kelmoqda. 2019-yilda ham u muqobilsiz qayta saylangan edi.