“Janub-2021” Oʻzbekiston — Rossiya qoʻshma oʻquvlari davom etadi

    Harbiy 4 Avgust 2021 2156

    Oʻzbekiston — Rossiya Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari mashgʻulot doirasida “Termiz” dala-oʻquv maydonida yaratilgan shart-sharoitlar, yurt himoyachilarining kasbiy mahoratlarini oshirishga qaratilgan amaliy oʻquv joylari bilan yaqindan tanishdilar.

    Ishtirokchilar kecha “Termiz” poligonidagi majmuaviy maxsus taktik mashq yoʻlagi, unda jumladan, muhandislik, turli sunʼiy va suvli toʻsiqlardan oʻtish, jarayonda moʻljalga oʻqotar qurollardan otish, arqon yordamida toʻsiqlardan oʻtish, qoʻl jangi va boshqa mashqlarni bajardi.

    Jarayonda tutun yordamida niqoblanish, qurol-aslahalar tavsifi, togʻ tayyorgarligi, evakuatsiya kabi mashqlar ham namoyish etildi.
    Oʻzaro jipslik, doʻstona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida sport musobaqalari ham tashkil etildi, deb xabar beradi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.