Samolyot katta tezlikda uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketgan va toʻsiqqa borib urilib, bir necha boʻlakka boʻlinib va yonib ketgan. Qutqarish operatsiyasi boshlanganidan bir necha soat oʻtib, olovni oʻchirishga muvaffaq boʻlingan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Soʻngi maʼlumotlarga koʻra, qutqarib qolingan ikki nafar shaxsdan boshqa bortdagi barcha yoʻlovchilar halok boʻlgan.
Dastlabki maʼlumotlar qoʻnish paytida shassilarning ochilmay qolishini sabab qilib koʻrsatyapti, deb xabar beradi Janubiy Koreyaning “Ryonxap” agentligi. Ekspertlarning taxminiga koʻra texnik nosozlik yoki qushlar bilan toʻqnashuv sabab boʻlishi mumkin va bu samolyotni uchish-qoʻnish yoʻlagida boshqarish imkoniyatining yoʻqolishiga olib kelgan boʻlishi mumkin. Halokatning aniq sababi voqea joyidan topilgan bort “qora qutisi”dagi yozuvlarning tahlilidan soʻng aniq boʻladi.
Mahalliy hokimiyat hodisaga munosabatini bildirdi. Janubiy Koreya Prezidenta vazifasini vaqtincha bajaruvchi Chxve San Mok barcha mavjud resurslarni jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga jalb etishga hamda qutqaruv ishlarini olib borishga chaqirdi. Falokat yuz bergan joyga 80 nafardan ziyod oʻt oʻchiruvchilar va 180 harbiylar yuborilgan. Ular ehtimol tirik qolgan yoʻlovchilarni izlab topish va avariya oqibatlarini bartaraf etish bilan mashgʻul boʻlgan.
Hukumat fojia sababini aniqlash hamda bunday koʻngilsizliklarning oldini olish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini maʼlum qildi. Qutqaruv ishlari davom etyapti, xalqaro ekspertlar esa texnik va ekspert yordamini koʻrsatish maqsadida surishtiruvda ishtirok etishga tayyor.