“Janubiy Kemachi” konida qayta taʼmirlangan quduqdan yana tabiiy gaz va kondensat qazib olinmoqda

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Muborak neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Janubiy Kemachi” konidagi 4K-sonli quduqda ham kapital taʼmirlash ishlari olib borildi.

    “Oʻzneftgazquduqtaʼmirlash” AJ mutaxassislari tomonidan olib borilgan kapital taʼmirlashdan soʻng, quduq ishga tushirildi.

    Ushbu quduqda suvlangan oraliqlarini yopish va qoʻshimcha oraliqlarini otish ishlari olib borildi. Natijada 2222-2225 metr perforatsiya oraligʻlaridan kunlik 50 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,4 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

    Maʼlumot uchun: “Janubiy Kemachi” neftgazkondensat koni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan boʻlib, 1979-yilda ishga tushirilgan.

    “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati