Uchrashuvda Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida aviatsiya sohasidagi aloqalarni mustahkamlash rejalari, Janubiy Koreya xalqaro hamkorlik agentligi - KOICA orqali hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari xususida fikr almashildi.

Tomonlar istiqbolda mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini birgalikda amalga oshirishga kelishib oldi.