Janubiy Koreya bilan hamkorlikda quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

    Energetika 5 Mart 2021 668

    Yuqori Chirchiq tumanidagi “Nuri zamin” MFY hududida kichik quyosh elektr stansiyasi 5-mart kuni ishga tushirildi.

    40 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi Oʻzbekiston va Janubiy Koreya hamkorligida Koreya energetika agentligining (KEA) begʻaraz mablagʻlari hisobiga barpo etildi.

    Stansiya bir yil davomida taxminan 100 ming kVt soat elektr enrgiyasi ishlab chiqaradi.