баннер
26 Apr 2025
08:05

    Janubiy Koreya KXDR harbiylari demarkatsiya chizig'ini kesib o'tganini da'vo qilmoqda

    Janubiy Koreya tomoni texnik vositalar yordamida ogohlantirish bergach, ogohlantiruvchi o't ochgan.

    Shimoliy Koreyaning 10 nafarga yaqin askaridan iborat guruh Janubiy Koreya bilan chegaradagi demilitarizatsiya qilingan hududda harbiy demarkatsiya chizig'ini kesib o'tdi va ogohlantiruvchi o'q otilganidan so'ng o'z hududiga qaytdi. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasiga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

    Hodisa mahalliy vaqt bilan 17:00 atrofida sodir bo'lgan. Janubiy Koreya tomoni avvaliga texnik vositalar yordamida ogohlantirish bergan, so'ng ogohlantiruvchi o't ochgan. Shimoliy Koreya harbiylari demarkatsiya chizig'idan shimolga qaytgan.

    Qayd etilishicha, bu mamlakat sharqida sodir bo'lgan. Qo'mita KXDR armiyasi faoliyatini diqqat bilan kuzatib borayotgani va tezkor nizomga muvofiq zarur choralar ko'rilayotganini ma'lum qildi.

    Bir kun avval qo'mita rasmiy vakilining da'vo qilishicha, KXDRning 1500 ga yaqin askarlari chegarada ish olib bormoqda, jumladan, hududlarni tozalamoqda va sim to'siqlar o'rnatmoqda. Uning qayd etishicha, Janubiy Koreya tomoni hech qanday noodatiy faollikni ko'rmayapti, deb xabar beradi tass.ru.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech