Interfaks xabarlariga qaraganda, mamlakatda karantin qoidalari yumshatilgach ish boshlagan davlat muzeylari, galareyalar va teatrlar noma'lum muddatga o'z faolitini to'xtatdi.
SHuningdek, Janubiy Koreya hukumati ta'lim dargohlaridagi belgilangan choralar bo'yicha ham talabchanlikni oshirdi. Nafaqat poytaxtda, balki chekka hudadlardagi boshlang'ich va o'rta maktablar ham o'quvchilar sonini uchdan bir qismga qisqartirish majburiyatini oldi.
Mamlakatning ta'lim vazirligi ta'lim muassasalarida ijtimoiy masofani saqlash bo'yicha ham eslatma berdi.
Janubiy Koreyada mana ikki kundan buyon kuniga 50dan ortiq yangi kasallikka chalinish holatlari aniqlanmoqda. Bu raqamlarning katta qismi poytaxt hissasiga to'g'ri keladi.
Xabarlarga qaraganda Janubiy Koreyada so'nggi ikki oy ichida eng ko'p kasallanish holatlari shu yilning 28 may kuni aniqlangan.
eslatib o'tamiz, Janubiy Koreyada koronavirus infektsiyasi bilan zararlangan be'mor, bu kasallikka qayta chalinmasligi aytilgandi.