Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning shaxslari va tashkilotlariga, shu jumladan qurol savdosi va kiberfaoliyatga aloqadorlikda gumon qilinayotganlarga, jumladan Shimoliy Koreya razvedkasi rahbariga qarshi bir tomonlama sanksiyalarning 14-raundini joriy qildi.
Xabar qilinishicha, sanksiyalar Shimoliy Koreyaning 18-dekabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyalarini buzgan holda “Xvason-18” qit'alararo ballistik raketasini sinovdan o'tkazganiga javobdir.
Seul kiberfaollik va qurol-yarog' savdosi bilan bog'liq sakkiz nafar shaxsni, jumladan, Kimsuky, Lazarus va Andariel kabi Shimoliy Koreya xakerlik guruhlari faoliyati ortida turgan tashkilot rahbari Ri Chxan Xo ham sanksiya qilinganlar ro'yxatiga kiritildi. Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, bu guruhlar “noqonuniy kiberfaoliyat” orqali KXDR uchun valyuta ishlab chiqaradi va texnologiyalarni o'g'irlaydi.
Shuningdek, ro'yxatda Beijing New Technology direktori Pak Yon Xan, Shimoliy Koreyaning Xitoydagi elchixonasi sobiq xodimi Yun Chxol hamda Pan Systems Pyongyang kompaniyasi xodimlari Ryan Su Nyo, Kim Sin Su, Pe Von Chxol, Ri Sin Son, Kim Byon Chxol bor. Ularning barchasi u yoki bu darajada KXDRda qurol yoki taqiqlangan materiallar savdosi bilan shug'ullangani aytiladi.
Ushbu sanksiyalar to'plami Prezident Yun Sok Yolning hukumati davridagi 14-sanktsiyadir. Umuman olganda, Shimoliy Koreyaning 83 fuqarosi va 53 ta muassasaga nisbatan sanksiya qo'llanilgan, deb xabar beradi ria.ru.