Bu haqda Yonhap agentligi mamlakat qirg'oq qo'riqlash xizmati bayonotiga tayanib xabar berdi.
129 tonnalik kema bortida 27 nafar ekipaj a'zosi – 16 nafar Janubiy Koreya fuqarosi va 11 nafar Indoneziya fuqarosi bo'lgan.
Kema Chejudan 24 kilometr uzoqlikda cho'kib ketdi. Yaqin atrofdagi qayiq cho'kib ketgan kemaning 15 nafar ekipaj a'zosini topdi, ulardan ikki nafari halok bo'lgan. Bedarak yo'qolgan deb hisoblanayotgan 12 ekipaj a'zosidan 10 nafari Janubiy Koreya, ikki nafari Indoneziya fuqarosi.
Bedarak yo'qolganlarni suv ostida qidirishda bir nechta ixtisoslashtirilgan qutqaruv guruhlaridan 27 nafar g'avvos ishtirok etmoqda. Qidiruv operatsiyasiga jami 43 ta kema, jumladan, 23 ta qirg'oq qo'riqlash kateri, 3 ta harbiy-dengiz kemasi va 13 ta samolyot jalb qilindi, deb xabar beradi korrespondent.net.