Janubiy Koreyada harbiy samolyot halokatga uchradi

    Janubiy Koreyada harbiy-dengiz kuchlari patrul samolyoti halokatga uchradi. “Ryonxap” agentligining yozishicha, samolyot toqqa qulab tushgan.

    Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, bortda to'rt kishi bo'lgan, ularning taqdiri noma'lum.

    Favqulodda holat mamlakat janubi-sharqida, Yapon dengizi sohilida joylashgan Pxoxan shahrida sodir bo'ldi. Hodisa guvohlarining aytishicha, “tog' yonbag'irlari ostidan tutun ko'ringan”. Favqulodda holat sabablari hozircha aniqlanmagan, deb xabar beradi kommersant.ru.