Janubiy Koreyada jazirama tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 21 nafarga yetdi

    2024-yilda Koreya Respublikasida jazirama oqibatlari bilan bog'liq o'limlar soni 21 taga yetdi, deya xabar beradi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi.

    20-maydan 11-avgustgacha bo'lgan davrda jazirama va uning oqibatlari bilan bog'liq shikoyatlar bilan 2293 nafar fuqaro shifoxonalarga murojaat qildi. 2023-yilning shu davrida 2139 nafar bemor qayd etilgan, 28 kishi vafot etgan.

    Yuqori havo harorati 703 ming bosh qishloq xo'jaligi hayvonlari, jumladan, 658 ming bosh parrandaning nobud bo'lishiga olib keldi.

    Seshanba kuni mamlakatda kunduzi havo harorati Selsiy bo'yicha 30-36 daraja issiq bo'ldi, deb xabar beradi tass.ru.