Bu haqda mahalliy hokimiyatga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.
Pusan yong'inga qarshi shtabi ma'lumotlariga ko'ra, qurilayotgan Banyan Tree mehmonxonasida yong'in taxminan soat 10:50 da boshlangan, uning yuzaga kelishida ehtimol binoning birinchi qavatidagi suzish havzasi yoniga yuklangan izolyatsion material sabab bo'lgan.
O't o'chiruvchilar 14 kishini evakuatsiya qildi.
Yong'in chiqqanda yuzlab ishchilar uning yaqinida bo'lgani xabar qilindi. Janubiy Koreya Prezidenti vazifasini bajaruvchi Chxve San Mok qutqaruv ishlariga yordam berish uchun barcha mavjud xodimlar va vositalarni safarbar qilishni buyurdi, deb xabar beradi report.az.