Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, vertolyot ijaraga olingan. Uning bortida bitta uchuvchi bo'lgan, u hayotdan ko'z yumdi.
Yong'inlar tufayli kamida 18 kishi halok bo'ldi, avvalroq 15 kishi halok bo'lgani xabar qilingan edi. Koreya Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Xan Dok Su mamlakat janubi-sharqidagi hozirgi o'rmon yong'inlarini tarixdagi eng dahshatlisi deb atadi, deb xabar beradi report.az.
Unga ko'ra, tabiiy ofatga qarshi kurashishda 128 vertolyot, 1,1 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, 3,1 mingga yaqin o't o'chiruvchi va 4,6 mingga yaqin davlat xizmatchilari qatnashmoqda. “O'rmon yong'inlari misli ko'rilmagan darajada zarar ko'rsatishidan himoyalanish uchun biz haftaning qolgan qismida barcha resurslarni yong'inlarga qarshi kurashishga qaratishimiz kerak”, dedi Bosh vazir.