баннер
26 Mar 2025
06:22

    Janubiy Koreyada qiyin ahvolga tushib qolgan 11 nafar fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi

    Qoraqalpogʻistonda “Xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va oʻrganilgan koʻnikmalarni amalda sinash markazi” tashkil etilishi mumkin.

    Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi rahbariyati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Migratsiya agentligi, “Vatandoshlar” jamoat fondi vakillaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi 5-12-fevral kunlari amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida boʻldi, deya xabar beradi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi axborot xizmati.

    Safardan koʻzlangan asosiy maqsad:

    • Janubiy Koreyadagi yurtimiz fuqarolarimizning yashash va mehnat sharoitlarini oʻrganish, qiyin ahvolga tushib qolganlarga amaliy yordam koʻrsatish;
    • Shuningdek, Koreya Respublikasining EKSIMBANK vakolatxonasi tomonidan Qoraqalpogʻistonda “Xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va oʻrganilgan koʻnikmalarni amalda sinash markazi”ni tashkil etish loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borishdan iborat boʻldi.

    Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Gender tengligi va oila ishlari vazirligi, Koreya Ayollarni rivojlantirish instituti, Xotin-qizlar va oilaga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Migrant ayollar maslahat markazlari, Sokmyong Ayollar ilmiy tadqiqot instituti, Hyundai ilmiy-tadqiqot instituti rahbariyati bilan uchrashib, ularning faoliyati bilan tanishdi.

    Koreya tomoni Oʻzbekistonda xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, gender tengligini ilgari surish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.

    "Delegatsiya vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yoʻqotib, ogʻir ahvolga tushib qolgan va ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlgan fuqarolar bilan sayyor qabullar oʻtkazilib, ulardagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatildi.
    Jumladan, 11 nafar fuqarolarga avia chiptalar olib berildi va fuqarolik pasportini yoʻqotib qoʻyganlarga “Vatanga qaytish sertifikatlari” rasmiylashtirib berilib, yurtimizga qaytarildi,— deyiladi qoʻmita xabarida.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech