Yon'in shahrida 60 yoshli erkak o'z uyi atrofini qordan tozalayotgan paytda qorning og'irligidan daraxt uning ustiga qulab tushgan. 27-noyabr kuni Pxyontxekdagi golf maydonchasida qor tozalayotgan erkakning ustiga temir to'r tushib ketdi. Yanpxyon okrugida qor yog'ishi oqibatida bir xonadonning garajning tomi qulab tushdi, oqibatda bir kishi halok bo'ldi. Xuddi shunday hodisa Anson shahridagi avtomobil` ehtiyot qismlari zavodida ham yuz berdi: 70 yoshdan oshgan erkak chodir ostida vafot etdi.

Xvason shahrida muzlash oqibatida yo'lovchi avtobusi yo'lga xizmat ko'rsatuvchi tashkilotda ishlagan yo'l nazoratchisini urib yubordi. Voqea sodir bo'lgan joyda u o'zining bevosita vazifalarini bajarish bilan shug'ullangan. Beshta voqea ham poytaxt Kyongido viloyatida sodir bo'ldi, deb xabar beradi tass.ru.