Janubiy Koreyada suv toshqini tufayli 23 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Janubiy Koreyada kuchli yomg'ir va suv toshqini oqibatida 23 kishi halok bo'ldi, besh kishi bedarak yo'qoldi. Bu haqda The Hankyoreh mamlakat davlat boshqaruvi va xavfsizlik vazirligiga tayanib xabar berdi.

    Ta'kidlanishicha, eng ko'p qurbonlar Kensan-Namdo viloyatida qayd etildi – 13 kishi. Kengidoda – olti, Chxunchxon-Namdoda – uch, Kvanju shahrida – bir kishi halok bo'ldi. Kapxen uyezdida uch kishi bedarak yo'qolgan, ularni daryo oqizib ketgani taxmin qilinmoqda.

    Bundan tashqari, kuchli yomg'ir va suv toshqinlari oqibatlarida 2,2 mingdan ortiq evakuatsiya qilinganlar uylariga qayta olmayapti, deb xabar beradi report.az.