Tabiiy yongʻinlar mamlakatning Kanin shahrida kamida 40 ta uyni vayron qildi, oʻrmonning anchagina qismi yonib ketdi, deb xabar berdi seshanba kuni Yonhap.

300 dan ortiq mahalliy aholi va 700 ga yaqin sayyoh xavfli hududni tark etishga majbur boʻldi, deyiladi agentlik xabarida.

Shahar yongʻin xavfsizligi xizmati maʼlumotlariga koʻra, 28 ta xususiy uy, 12 ta pansionat va toʻrtta mehmonxona vayron boʻlgan, hozircha qurbonlar haqida maʼlumot yoʻq.

Mahalliy hukumat vakillari yongʻinga shamol tufayli elektr simiga qulagan daraxt sabab boʻlgan, deb hisoblamoqda.