Unga ko'ra, 12 kishi og'ir, yana 14 kishi yengil jarohat olgan. Avvalroq 15 kishi hayotdan ko'z yumgani haqida xabar berilgan edi.
Chorshanba kuni Prezident vazifasini bajaruvchi va Bosh vazir Xan Dok Su o'rmon yong'inlarini Koreya Respublikasining “tarixidagi eng yomoni” deb atadi. Uning so'zlariga ko'ra, 23 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Chorshanba kuni yong'inni o'chirish vaqtida Sikorsky S76 vertolyoti halokatga uchradi. 73 yoshli uchuvchi halok bo'ldi.
21-martdan beri mamlakat janubi-sharqida yong'inlar avj olmoqda. Hokimiyat vakillari bunga yong'inga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo'lish sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligini istisno etmayapti. Kuchli shamol va quruq ob-havo yong'inni o'chirishni qiyinlashtirmoqda. Uchta hududda – Ulsan shahri, Kyonsan-Pukto va Kyonsan-Namdo viloyatlarida tabiiy ofat holati e'lon qilindi. Yong'inga qarshi kurashga jami 128 ta vertolyot, 1,1 ming nafardan ortiq harbiy xizmatchi, taxminan 3,1 ming nafar o't o'chiruvchi, 1,1 ming nafar o'rmon yong'inlarini o'chirish bo'yicha mutaxassis va 4,6 mingga yaqin davlat xizmatchilari jalb etildi, deb xabar beradi tass.ru.