Janubiy Koreyadagi vatandoshlar oʻrtasida futbol turniri tashkil etildi

    Sport 5 Oktabr 2022 4610

    Janubiy Koreyaning Iychjonbu shahrida vatandoshlar oʻrtasida mini-futbol boʻyicha turnir tashkil etildi.

    Mamlakatimizning Seuldagi elchixonasi hamda Oʻzbekiston “Vatandoshlar” jamoat fondi tashabbusi bilan oʻtkazilgan mazkur turnir ikki davlat oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligining 31 yilligiga bagʻishlangan.

    Turnir “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” shiori asosida uyushtirildi.

    Musobaqada ushbu davlatda vaqtincha istiqomat qilayotgan va turli tashkilotlarda mehnat qilayotgan vatandoshlar, oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar ishtirok etdi.

    Vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan 8 ta jamoa gʻoliblik uchun yashil maydonga tushdi.

    Qizgʻin oʻtgan final uchrashuvlarida “Cheongju IC” jamoasi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

    Ishtirokchilar bu kabi tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish xorijda boʻlib turgan vatandoshlar uchun katta eʼtibor ekani, nafaqat ularning sogʻlom hayot tarzini taʼminlashdagi oʻrni, balki yurtdoshlarning bir-biri bilan yaqin muloqot oʻrnatishida koʻprik vazifasini bajarishini taʼkidladi, deya xabar beradi “Dunyo” AA.