Janubiy Koreyadagi zavodda yuz bergan yong'in oqibatida kamida bir kishi hayotdan ko'z yumdi, olti kishi jarohatlandi

    Janubiy Koreyadagi akkumulyator zavodida sodir bo'lgan yong'in oqibatida kamida bir kishi halok bo'ldi, olti kishi jarohatlandi.

    Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, yong'in poytaxt Seuldan 45 kilometr janubda joylashgan Xvasondagi akkumulyator ishlab chiqaruvchi zavodda sodir bo'ldi.

    Qayd etilishicha, bir kishi yurak to'xtab qolishi tufayli vafot etdi. Agentlikning aniqlik kiritishicha, hodisa qurbonlari soni ortishi mumkin, chunki zavodda 19 kishi qamalib qolgan.

    Hokimiyat yong'inni o'chirish uchun 145 nafar o't o'chiruvchi va 50 ta texnikani safarbar qildi, biroq litiy batareyalarida yuzaga kelgan alanga bilan bog'liq murakkab vaziyat tufayli yong'in haligacha bartaraf etilmadi, deb xabar beradi report.az.