Yong‘in xavfsizligi va tez tibbiy yordam xizmati uchun avtomashinalar kela boshladi

    2022-yil avgust oyida Janubiy Koreya yong‘in sanoati assotsiatsiyasi, Janubiy Koreyaning “«TDC Group» kompaniyasi va Koreya-O‘zbekiston ishbilarmonlar uyushmasi Toshkent hamda Farg‘ona viloyatlariga ham 6 ta maxsus o‘t o‘chirish va 2 ta tez tibbiy yordam mashinasi sovg‘a qildi.

    Janubiy Koreyadan O‘zbekistonning Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlariga yong‘in xavfsizligi va tez yordam xizmatlari uchun tuhfa etilgan avtomashinalar jo‘natila boshlandi.

    O‘zbekiston elchixonasi maʼlumotlariga ko‘ra, vakolatxona Chonnam shahri va Inchhon shaharlari yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Koreya yong‘in sanoati assotsiatsiyasi, Janubiy Koreyaning «TDC Group» va «Eurasia Networks Group» kompaniyalarining Koreya Respublikasidan O‘zbekistonga yong‘in xavfsizligi xizmatida foydalaniladigan va shoshilinch tibbiy yordam xizmati uchun transport vositalarini bepul asosda olib o‘tish hamda jo‘natishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlikda ish olib bordi.

    Avtomobillar yil oxirigacha Janubiy Koreyadan jo‘natiladi va Farg‘ona hamda Sirdaryo viloyatlariga 2023-yilning birinchi choragida yetib keladi. Ushu maxsus avto transport vositalari O‘zbekiston fuqarolarining xavfsizligi va farovonligi darajasini oshirish uchun ishlatilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Janubiy Koreya tomoni har bir avtomashina uchun texnik xodimlarni hududlarga jo‘natib, mahalliy shafyorlarga avtomobillardan foydalanish bo‘yicha o‘quv va ko‘rsatmalar beradi.

    2022-yil avgust oyida Janubiy Koreya yong‘in sanoati assotsiatsiyasi, Janubiy Koreyaning “«TDC Group» kompaniyasi va Koreya-O‘zbekiston ishbilarmonlar uyushmasi Toshkent hamda Farg‘ona viloyatlariga ham 6 ta maxsus o‘t o‘chirish va 2 ta tez tibbiy yordam mashinasi sovg‘a qildi.

    Koreya-O‘zbekiston ishbilarmonlar uyushmasi direktorlar kengashi raisi Edvard Kim Koreya Respublikasi yong‘in xavfsizligi boshqarmasi, Koreya yong‘in sanoati assotsiatsiyasi, «TDC Group», «Eurasia Networks Group» kompaniyalari va O‘zbekiston elchixonasi bilan birgalikda O‘zbekistonning qo‘llab-quvvatlashga muhtoj hududlariga o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam mashinalarini o‘tkazish bo‘yicha ishlarni kengaytirish va ijtimoiy taʼminot sohasini mustahkamlash bo‘yicha ishlarni davom ettirishini maʼlum qildi.