Farg'ona viloyatining bog'larida etishtirilgan gilos “UZ-SEGANG” qo'shma korxonasi tomonidan Janubiy Koreyaning hamkor “Sunfinite Co., Ltd.”  kompaniyasiga etkazilgan. Bu joriy mavsumdagi Farg'onadan amalga oshirilgan ikkinchi to'g'ridan-to'g'ri reysdir.

Talab yuqori bo'lgan o'zbek giloslari Janubiy Koreyada ulgurji va chakana savdo korxonalari tarmog'i orqali tarqatiladi.

Mamlakatimizning Seuldagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari o'zbek mahsulotlarini Koreya Respublikasi bozoriga izchil olib kirish bo'yicha izchil faoliyat olib bormoqda.