TIV maʼlumotiga koʻra, muzokaralar chogʻida mehnat migratsiyasi va Oʻzbekiston fuqarolari uchun viza tartib-taomillarini soddalashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning asosiy jihatlari muhokama qilindi.
Kun tartibidagi asosiy mavzular Janubiy Koreya mehnat bozori uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, qoʻshma oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va ishga joʻnab ketishdan oldingi tayyorgarlik uchun yangi taʼlim tashabbuslarini yaratish masalalari boʻldi.
Viza talablarini soddalashtirish, shu jumladan oʻzbekistonlik mavsumiy ishchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu yoʻnalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.









