Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi va Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida mehnat taʼtili olib Vatanga kelgan, ammo pandemiya sababli ish joyiga qaytolmayotgan fuqarolardan yana 10 nafari 17-fevralda ushbu davlatga joʻnab ketdi.

Taʼkidlash lozim, pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun karantin joyi tasdiqlangan va ruxsat berilgan fuqarolargina ushbu davlatdagi ish joyiga qaytib boradi.

Eslatib oʻtamiz, 11-fevralda ana shunday fuqarolar 23 nafari Koreya Respublikasiga ishlash uchun joʻnab ketgan edi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.