Myung-Xi Chung bakalavr va magistr darajasini Seul milliy universitetida  (Seoul National University) qo'lga kiritgan. Doktorlik darajasini esa N`yu-York Universitetining Quyi shtat tibbiy markazida himoyalagan.

U turli yillar davomida Koreya Respublikasi, AQSH va Yaponiya oliy ta'lim muassasalarida professor yordamchisi, professor, taklif etilgan olim, kafedra mudiri, faxriy professor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Shu bilan birga u turli tadqiqot markazlari va institutlari hamda ilmiy qo'mitalarga rahbarlik qilgan. Hozirgi kunda Myung-Xi Chung Gachon Universitetining Ilmiy-tadqiqot instituti direktori sanaladi.

Bundan tashqari u akademik jamiyatlar va ilmiy jurnallarida turli lavozimlarni egallab kelmoqda. Janubiy Koreyalik mutaxassis 165 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifidir.

Ta'kidlash lozimki, professor Myung-Xi Chung Gachon Universitetining AKFA Universitetini tashkil etishda ko'mak beruvchi qo'mitasi rahbari lavozimida ham faoliyat yuritgan.

— Professor Myung-Xi Chung AKFA Universiteti tibbiyot fakul`tetining ochilishida o'zining katta hissasini qo'shgan.  Endilikda u bizning universitetga mamlakatimizda tibbiy ta'limni rivojlantirish bo'yicha o'z maslahatlarini beradi. Aminmanki, Myung-Xi Chungning katta tajribasi mamlakatimizda tibbiy ta'lim va sog'liqni saqlash tizimini yangi darajaga ko'tarishga yordam beradi, — dedi AKFA Universiteti rektori Behzod Jalilov.