Ikki universitet kelishuvi asosida ochilayotgan «Oʻzbekshunoslik» kafedrasi oʻz faoliyatida xorijiy davlatlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganishni keng targʻib etish orqali mamlakatimizga sayyohlar oqimini koʻpaytirishga yordam beradi.
Namseul universitetning vitse-prezidenti, professor Yun-Seok Li kafedraning Oʻzbekiston tarixi va madaniyati, oʻzbek tili va adabiyotini Janubiy Koreyada keng targʻib etishda muhim oʻrinni egallashiga ishonch bildirdi. Yun-Seok Li tomonidan «Oʻzbekshunoslik» kafedrasiga masʼul etib universitetning Oʻzbekistonlik professori Zoir Sattarov tayinlandi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.
Eslatib oʻtmiz, joriy yil 25-iyunda Turkiya Respublikasi Istanbul Universitetida «Ipak yoʻli» turizm va madaniy meros xalqaro universitetining «Oʻzbekshunoslik» kafedrasi tashkil etildi.