Janubiy Koreyada u Koreya aerokosmik boshqarmasi deb nomlandi. Yangi tuzilma mamlakat janubidagi Sachxon shahrida joylashadi. Ofis may yoki iyun oylarida ochiladi.

Qayd etilishicha, Koreya aerokosmik tadqiqot instituti va Koreya astronomiya va koinot fanlari instituti Koreya aerokosmik boshqarmasi tarkibiga kiritiladi. Yangi tuzilma mamlakat koinot dasturini amalga oshirishni boshqaradi, deb xabar beradi lenta.ru.