“Payshanba kuni Seul sudi sobiq prezident Yun Sok Yolni harbiy holat joriy etishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin uni hibsga olish uchun order chiqardi va uni ikkinchi marta hibsga oldi”, deyiladi nashrda.
Ta'kidlanishicha, sudya sobiq prezident o'z ishi bo'yicha dalillarni yo'q qilishga urinishi mumkinligidan xavotirga tushib, prokuror talab qilgan orderni chiqarishga qaror qilgan.
Shu bilan birga, Yun Sok Yolning o'zi ham sud majlisida advokatlari bilan birga ishtirok etdi va barcha ayblovlarni rad etdi, deb xabar beradi iz.ru.









